
Jaxon chempionati har ikki yilda o‘tkazilishi mumkin
FIFA 2029 yildan boshlab Klublar o‘rtasidagi Jaxon chempionatini har 2 yilda o‘tkazilish taklifini ko‘rib chiqadi.
Ushbu taklifni birinchi bo‘lib "Real Madrid" taklif qilgan. Keyinchalik taklif ushbu mavsumda turnirdan chetda qolgan jamoalar, jumladan "Liverpul", "Barselona", "Napoli" va "Manchester Yunayted" klublari tomonidan ham qo‘llab quvvatlangan.
Shuningdek, ishtirokchilar sonini ham oshirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Yani jamolar soni 32 tani emas 48 tani tashkil etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi "Chelsi" hisoblanadi. "Aristokratlar" finalda PSJni mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar