
Javohir Ummataliev raqibni er tishlatdi
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etyapti.
Bugungi kun doirasida, 75 kg da Javohir Ummataliev Xitoy Taypeyi vakili Cheng-En Liuga qarshi ringga ko‘tarildi. Dastlabki raund hamyurtimizning katta ustunligida kechdi. 2-raundga kelib, raqib bir bor nokdaun holatiga tushdi. 3-raund esa yurtdoshimiz xitoy taypeyilik bokschini texnik nokautga uchratib, finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir bokschimizning jangi kutib turibdi. To‘rabek Xabibullaev qozog‘istonlik Erassil Jakpekovn bilan kurash olib boradi.
Fikrlar