
Jastin Getjining navbatdagi raqibi kim?
Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getjining navbatdagi raqibi Yangi Zelandiya vakili Den Xuker bo‘lishi mumkin. Bu haqda "MMA Frenzy" nashri jurnalist Laertes Vianga tayanib xabar bermoqda. Biroq promoushen mazkur jangni rasman tasdiqlamadi.
Joriy yilning aprel oyida "UFC 300" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Getji 5-raund yakunlanishiga bir necha soniya qolganda Maks Xolloueydan nokautga uchradi. Xuker esa oxirgi bor Mateush Gamrotga qarshi oktagonga chiqib, ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, UFC ning yangilangan reytingida Jastin uchinchi, Den esa oltinchi o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar