Jarohatlangan "Nefteximik" futbolchisi Yangierda...

  • 6 may, 2020, 03:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Rossiyaning birinchi divizion vakili – “Nefteximik” klubi safidan ikki nafar hamyurtimiz – Vagiz Galiulin bilan Bobir Davlatov joy olgandilar. Lekin Vagizdan farqli o‘laroq Bobir o‘tgan vaqt davomida jamoasining rasmiy uchrashuvlarida ishtirok eta olmay kelmoqda.

Tecno

Bunga esa uning oyog‘idan olgan jarohati sabab. Shuni aytish kerakki, u o‘tgan mavsumda “Nasaf”dan “Nefteximik” tarkibiga ko‘chib o‘tgandi. Anchadan beri davolanayotgan futbolchimiz esa ayni paytda karantinni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Yangierda o‘tkazmoqda.

Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, Davlatov hozirga kelib jarohatidan asta-sekin forig‘ bo‘lgan holda o‘zi yakka tartibda individual tarzda shug‘ullanib kelmoqda. Rossiyada ham karantin joriy etilgani bois hozircha futbolchimizning “Nefteximik” klubiga qachon qaytishi noma’lum bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Bobir Davlatov bunga qadar “Mash’al”, “Rubin” (Rossiya), “Jetisu” (Qozog‘iston), “Aktobe” (Qozog‘iston), “Lokomotiv”, “Nasaf” kabi jamoalarda to‘p surgan. Shuningdek, u faoliyati davomida ikkinchi bor “Nefteximik” sharafini himoya qilib kelmoqda.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!