
“Jarohatim bo‘lmaganida ham Zlatandek 40 yoshgacha to‘p tepmas edim!”
Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo 39 yoshli Zlatan Ibrohimovich va 36 yoshga to‘layotgan Krishtianu Ronaldu haqida gapiror ekan faoliyatini ertaroq tugatish ma’qul ekanini aytdi.
- Ibrohimovich meni o‘zining kumiri, deb hisoblashini doim aytib kelgan. U ajoyib futbolchi. Mening jarohatim bo‘lmaganida ham, 40 yoshgacha to‘p tepmasdim. Ronaldu ham shu yoshgacha o‘ynasa kerak. U hozir “Real”dagi Ronaldu emas. Krishtianu o‘zini boshqarishni biladi. “Sassuolo” bilan bahsdagi o‘yinini ko‘rdingizmi? Butun uchrashuv davomida soyada yursa ham, kutilmagan zarba bera oladi, - dedi Ronaldo.
Ibrohimovich va Ronaldu yoshi o‘tib qolayotganiga qaramay, Italiya futbolida to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda.
Fikrlar