
Janubiy Koreya ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan so‘ng har ikkala bosh murabbiylar matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Byun Sung Hvan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
O‘yin haqida
- Avvalo O‘zbekiston terma jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, undan qoniqmadim.
Koreyaning ikki bo‘limdagi o‘yini haqida
- Birinchi bo‘limda biz bosimni yaxshi ushlab turdik. Ikkinchi bo‘limda himoyachilarimiz xatolari tufayli biz gol o‘tkazib yubordik.
- Natijadan qoniqmadik, lekin futbolchilarim ko‘p ishni bajarishdi. Biroq natija biz kutgandek bo‘lmadi.
Fikrlar