
Janob Mbappe shu 6 futbolchini PSJda ko‘rishni istamaydi!
Bilasiz, PSJ futbolchisi Kilian Mbappe klub bilan shartnomasini uzaytirdi. "Mets"ga qarshi Liga 1 so‘nggi tur o‘yini oldidan futbolchi va rahbariyat buni rasmiy tarzda e’lon qildi.
Parijliklar uchun uni jamoada olib qolish oson bo‘lmadi. Bir qator shartlar, xususan, murabbiy va sport direktori tanlash, xohlagan futbochisini tarkibda olib qolish yoki ketkazish, yuqori miqdorda bonus va maosh Kilianning parijliklar safida qolishini ta’minladi.
Ayni vaqtda frantsuz klubdan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzgan. Bu haqda "Bein Sports" nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, Neymar, Paredes, Ikardi, Kyurzava, Draksler hamda Errera yozda PSJni tark etishi mumkin.
Fikrlar