Jamshid Saidov iste’fo haqida: "Bunday holat birinchi marta emas-ku!"

  • 10 dekabr, 2024, 19:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning “Qizilqum” klubini o‘tgan yildan beri boshqarib kelgan Jamshid Saidov bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u jamoa bilan xayrlashgan. Sports.uz jurnalisti Saidov bilan bog‘landi.

Tecno

- “Qizilqum”ni ushbu mavsumdagi ishtirokidan qanchalik qoniqdingiz?

- O‘zingiz ko‘rdingiz, raqobat juda qattiq edi. Turnir jadvalida  pastki va yuqori o‘rinlar uchun kurash oxirigacha davom etdi. Fikrimcha, biz mavsumni yomon o‘tkazganimiz yo‘q. Oldimizda katta maqsad ham yo‘q edi. 6 yoki 7-o‘rinni egallash vazifasi qo‘yilmagan. Kuchli o‘ntalikka kirish kerak edi. Bizga oxirida uch ochko etishmadi. Agar uch ochko olganimizda 9-o‘rinni olardik. O‘ylaymanki, shu tarkib bilan bor kuchimiz va imkoniyatimizni ishga soldik. Qo‘limizdan kelganicha maksimal harakat qildik. Futbolchilarga katta rahmat. Yana bir sababi, biz umuman o‘z maydonimizda o‘ynamadik. Mashg‘ulotlarimizni Navoiyda o‘tkazdik, o‘yinlarimizni esa Qarshida o‘ynadik. Buni ham ta’siri bor. 30 noyabrda shartnomam tugadi.

- Rahbariyat bilan gaplashdingiz. Klubdan ketishingiz tashabbusi kimdan chiqdi? Rahbariyatni pozitsiyasi qanday bo‘ldi?

- Bilmadim. Barchasini rahbariyat hal qiladi. Sababi, balki 11-o‘rinni olganimiz bo‘lsa kerak. Ular biladi va ular hal qiladi.

- Murabbiy sifatida “Qizilqum”ni tark etish sizga og‘ir botmadimi?

- Bilasizmi, bunday holat birinchi marta emas-ku! Murabbiyning hayoti shunaqa. Kimgadir yoqmay qoldim, kimgadir ishim yoqmadi. Shuncha murabbiylar kelyapti-ketyapti.

- Keyingi rejangiz qanday? Yangi variantlar bormi?

- Hozircha variantlar yo‘q. Uyda, oilam bilanman, ta’tilmadan. Vaqt ko‘rsatadi.

- “Qizilqum”dagi mavjud sharoit va tarkibdan kelib chiqib, egallagan o‘rni qanchalik mos deb o‘ylaysiz?

- Qiyinchiliklar bo‘ldi, ammo biz maksimal harakat qildik. Aytganimdek, raqobat kuchli edi. Lekin biz oxirigacha kurashdik.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!