
Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni terma jamoasining g‘alabasiga munosabat bildirdi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov jahon chempionatida saudiyaliklarning Argentina ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
"Mana, Saudiya futboliga bo‘lgan e’tibordan keyingi natija", - deya yozib qoldirdi Masharipov.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni guruh bosqichining dastlabki turida Argentinani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ayni damda o‘z kvartetida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar