
Jaloliddin Masharipov katta o‘yinlar oldidan safga qaytadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov ayni damda jarohatda. "Tala" sayti xabariga ko‘ra, legionerimiz Eronni tark etgan.
"Masharipov jarohatidan forig‘ bo‘lish va jismoniy holatini tiklash uchun O‘zbekiston terma jamoasi shifokorlari nazoratida davolanish va reabilitatsiya kurslarini o‘tash maqsadida Toshkentga ketgan.
Darhaqiqat, JCh-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 19 mart kuni Qirg‘iziston bilan to‘qnash kelgani bois, o‘zbekistonliklar ham Masharipovning o‘sha uchrashuvga to‘liq tayyor bo‘lishiga umid qilishmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori "Istiqlol"ning navbatdagi muhim o‘yinini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, derbidan bir hafta oldin "Nassaji"ga qarshi o‘yinda jamoaga hamrohlik qilishi va bir necha daqiqa maydonga tushishi ham mumkin. Masharipov 20 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Persepolis"ga qarshi bahsda "Istiqlol"ning asosiy tarkibida maydonga tushishi aniq. Futbolchi "ko‘klar" karvoni qaytishi bilanoq Tehronga qaytib, jamoa safiga qo‘shiladi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar