Jaloliddin Masharipov chindan ham boshqa jamoaga o‘tyaptimi? - Futbolchining o‘zidan javob

  • 15 iyul, 2022, 17:44
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha bir qator xorij nashrlari Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipovni boshqa jamoaga o‘tgani borasida xabarlar tarqatdi.

Tecno

Manbalarda yozilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al Ahli" jamoasiga o‘tmoqda. Avval ham shu jamoada ijara asosida to‘p tepgan Masharipovning o‘yinlari klub rahbariyatiga ma’qul kelgani bois u bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olingan. Transfer yaqin orada e’lon qilinishi kutilayotgani aytilgandi.

SPORTS.uz Jaloliddin Masharipov bilan bog‘landi va ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. Futbolchining bildirishicha, chindan ham BAA jamoasidan tinimsiz ravishda takliflar bo‘lmoqda. Ammo shartnoma imzolanmagan.

Qolaversa, "Al-Nassr" klubining yangi bosh murabbiyi frantsiyalik Rudi Garsiya hamyurtimizga ishonch bildirmoqchi. Shuning uchun hozir BAA varianti Masharipovning kun tartibidan o‘rin olmagan. Jaloliddin jamoasining Ispaniyada bo‘ladigan yig‘iniga yo‘l olishi mumkin.

Xorij nashri: Jaloliddin Masharipov boshqa chempionatga yo‘l oldi

210902160_2928901810658757_2185327535625619942_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!