
Jahon futbolidagi eng rasvo transferlar aniqlandi
Transferlar futboldagi eng muhim masala va kerak bo‘lsa, juda katta biznesga aylanib ulgurgan. Yilda ikki bor – qishki va yozgi transferlar oynasi ochilishi bilan jamoalar tarkibida o‘zgarishlar qilishga kirishib ketadi.
Lekin har qanday transfer ham muvaffaqiyatli chiqmaydi. "Goal.com" nashri jahon ligalaridagi eng muvaffaqiyatsiz 15 ta transferni aniqladi.
Birinchi pog‘onaga Usmon Dembelening 2017 yili “Borussiya Dortmund”dan “Barselona”ga bo‘lgan transferi joylashtirildi. Umumiy ro‘yxat bilan tanishing:
Usmon Dembele (Frantsiya) — “Borussiya” Dortmunddan “Barselona”ga, 2017 yil, € 135 mln.
Eden Azar (Belgiya) — “Chelsi”dan “Real”ga, 2019 yil, € 120,8 mln.
Filippe Koutino (Braziliya) — “Liverpul”dan “Barselona”ga, 2018 yil, € 135 mln.
Pol Pogba (Frantsiya) — “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga, 2016 yil, € 105 mln.
Romelu Lukaku (Belgiya) — “Inter”dan “Chelsi”ga, 2021 yil, € 113 mln.
Joau Feliks (Portugaliya) — “Benfika”dan “Atletiko”ga, 2019 yil, € 127 mln.
Nikolya Pepe (Kot-d'Ivuar) — “Lill”dan “Arsenal”ga, 2019 yil, € 80 mln.
Harri Maguayr (Angliya) — “Lester Siti”dan “Manchester Yunayted”ga, 2019 yil, € 87 mln.
Antuan Grizmann (Frantsiya) — “Atletiko”dan “Barselona”ga, 2019 yil, € 120 mln.
Alvaro Morata (Ispaniya) — “Real”dan “Chelsi”ga, 2017 yil, € 66 mln.
Romelu Lukaku (Belgiya) — “Everton”dan “Manchester Yunayted”ga, 2017 yil, € 84,7 mln.
Kepa Arrisabalaga (Ispaniya) — “Atletik”dan “Chelsi”ga, 2018 yil, € 80 mln.
Neymar (Braziliya) — “Barselona”dan PSJga, 2017 yil, € 222 mln.
Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya) — “Inter”dan “Barselona”ga, 2009 yil, € 69,5 mln.
Xames Rodriges (Kolumbiya) — “Monako”dan “Real”ga, 2014 yil, € 75 mln.
Ko‘rinib turibdiki, muvaffaqiyatsiz transferlarni amalga oshirishda eng ko‘p xatoga “Barselona” (4), “Manchester Yunayted” (3) va “Chelsi” (3) yo‘l qo‘ygan.
Fikrlar