Jahon chempioni: Mourino nega bunday qilganini haligacha tushunmayman

  • 5 fevral, 2022, 11:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik sobiq futbol yulduzi Bastian Shvaynshtayger 2015 yilda "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shildi va klub tarixidagi birinchi nemis futbolchisiga aylandi. Oradan bir yil o‘tib, jamoaga Joze Mourino keldi va uning Bastian bilan munosabatlari darhol yomonlashdi, portugaliyalik negadir jarohatidan forig‘ bo‘layotgan Shvaynshtaygerga asosiy jamoa bilan shug‘ullanishni taqiqlab qo‘ydi, uni yoshlar tarkibiga yubordi va ko‘p o‘tmay Shvaynshtaygerning o‘zi MLS klubiga ketishga qaror qildi. U haligacha Mourino nima uchun bunday qilganini tushunmayapti, garchi Joze keyinchalik bu vaziyatda xato qilganini omma oldida tan olgan bo‘lsa ham.

Tecno

“Bu mening tug‘ilgan kunim edi va g‘alati o‘tdi. Mourino meni zaxirada o‘tirishimga ham ruxsat bermadi va meni o‘rinbosarlar tarkibiga yuborishini e’lon qildi. Men uni hurmat qilaman, lekin baribir uning bu qarorini tushuna olmadim. U bilan kasbga nisbatan fikrlashimiz turlicha edi. Men har doim to‘g‘ri va professional bo‘lishga harakat qilganman, o‘rinbosarlar safida ham buni isbotladim”, - dedi Shvaynshtayger forzaroma.info saytiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!