Jahon chempioni faoliyatini yakunlaydi!

  • 1 oktabr, 2024, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb xabar bermoqda Relevo nashri.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbol o‘zining bu haqdagi qarorini 8 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Inesta 1996 yildan 2018 yilgacha "Barselona" safida to‘p surgan. U ushbu vaqt mobaynida jami 674 ta uchrashuvda qatnashib, 57 ta gol urgan va 136 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Andres, shuningdek, Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasida ham to‘p surgan va u erda 134 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining so‘nggi ish joyi BAAning “Emireyts” klubi bo‘lgan.

Andres 2006-2018 yillarda Ispaniya terma jamoasi safida 131 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga erishgan. U "qizil furiya" tarkibida ikki karra Evropa chempioni va bir marta Jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!