Jahon chempionati: So‘nggi yo‘llanma sohibi bugun aniq bo‘ladi!

  • 14 iyun, 2022, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar jahon chempionatini qabul qiladi. To‘rt yillikning eng nuquzli musobaqasining 32 ta yo‘llanmasidan bittasi egasini kutmoqda.

Tecno

Evropadan mundialda Angliya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Serbiya, Frantsiya, Xorvatiya, Shveytsariya va Uels ishtirok etadi.

Janubiy Amerika sharafini Argentina, Braziliya, Ekvador, Urugvay futbolchilari himoya qiladi.

Afrika uchun ajratilgan yo‘llanmalar Gana, Marokash, Senegal, Kamerun, Tunisga nasib qilgan.

Osiyolik futbol ishqibozlari Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliyaga muxlislik qiladi.

Shimoliy Amerikadan Kanada, AQSh, Meksika keladi.

So‘nggi yo‘llanma taqdiri bugun Qatarda Kosta-Rika va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng aniqlanadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!