Jahon chempionati oldidan tashkil etilgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani (JONLI EFIR)

  • 12 avgust, 2021, 12:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada o‘tadigan 2021 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tecno

Futzal terma jamoamiz 14 avgust sanasida Toshkentdagi mashg‘ulotlarni yakunlab, Madrid va Portu shaharlarida o‘tadigan xorijiy yig‘inga yo‘l oladi.

Futzalchilarimiz mazkur yig‘inlar davomida Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning etakchi terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Shundan so‘ng, vakillarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga etib boradi.

Mundial safari oldidan bugun O‘FA majlislar zalida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov hamda futzalchilar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman soat 14:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!