Jahon chempionati. Bugun ikki nafar taekvondochimiz bellashuvlarga kirishadi
- 25-октябр 2025, 11:28
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
Xitoyning Usi shahrida bugun taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.
Unda erkaklar -63 kg, ayollar esa -49 kg vazn toifalaridagi bahslarda qatnashadi. Ushbu vazn toifalaridagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz Nazarali Nazarov va Laylo Xasanova ishtirok etadi.
Ayollar o‘rtasida -49 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Laylo Xasanova (O‘zbekiston) — Marlin Peres Eskalona (Kuba);
Erkaklar o‘rtasida -63 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Nazarali Nazarov (O‘zbekiston) — Chinzorig Dashdavaa (Mo‘g‘uliston).
Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q