Jahon chempionati. Bugun bir nafar vakilamiz tatamiga ko‘tariladi

  • 18 iyun, 14:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z ekvatoridan o‘tdi. 

Tecno

Dunyo birinchiligining oltinchi kungi bahslariga ham etib keldik. Bugun ayollar o‘rtasida -78, erkaklarda esa -100 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Dzyudochilarimizdan birgina Marjona Ko‘chimova o‘z omadini sinab ko‘radi. Terma jamoamiz vakilasi ilk davrada kubalik Lianet Kardonaga qarshi tatamiga chiqadi.  

-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Lianet Kardona (Kuba)

Ma’lumot uchun, bugungi saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:30 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!