Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

  • 7 sentabr, 2023, 00:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov Italiyadagi to‘rtinchi jamoasi – “Kalyari”dagi faoliyatini boshlab yubordi. A Seriyaning dastlabki uchta o‘yinida legionerimiz jami 79 daqiqa to‘p tepdi. Shuningdek, Italiya kubogida yarim soatdan ko‘proq harakat qildi.

Tecno

O‘zbekistonlik forvard hali biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q. Mutaxassislar 28 yoshli futbolchi sport formasini to‘liq tiklab olishga ulgurmaganini ta’kidlayapti. Shunga qaramay, https://www.calciocasteddu.it saytida “Kalyari” muxlislari Eldor Shomurodov transferi keng muhokama qilmoqda.

CAN_8947-760x490

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga italiyalik fanatlarning fikr-mulohazalarini havola etadi.

Luras:

Xafa bo‘lmanglar, yozdagi uchta transfer – Eldor Shomurodov, Yakub Yankto va Gaetano Oristanio o‘zini umuman oqlagani yo‘q.

Aleksis:

Nazarimda Eldor “Kalyari”ga mos emas. Hamma maqtagan salohiyatni ko‘rganim yo‘q.

Ftank:

Raneri Shomurodovni “Kalyari”da ko‘rishni istagan edi. Endi bu qaroridan pushaymon bo‘lsa kerak.

Mortimermaus:

Shomurodov yaxshi hujumchi. Uning iste’dodiga shubha qilmayman. Hozircha, sport formasini ko‘tara olgani yo‘q. Raneri bu jarayonni tezlashtirish uchun uni maydonga tushiryapti.

Fabritsio:

Shomurodov zerikarli o‘yin davomida bir juft yorqin harakatlarni ham qildi. Agar jismoniy tayyorgarligi joyida bo‘lsa, Eldor tezkor futbolchiga aylanadi.

Rob:

Shomurodovning jismoniy va psixologik ahvoli rasvo ekanini ham inobatga olish kerak.

Massimiliano Rossi:

Agar biz sabrsizlik bilan Shomurodov faoliyatiga chiziq tortib qo‘ymasak, Eldor hali jamoaga o‘z hissasini qo‘shadi. Tanqidlar bilan unga yordam berolmaymiz.

Alberto Antonini:

Tez kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSh va Meksika bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Eldor Shomurodov bu o‘yinlarda gol urishiga umid qilamiz. Axir u terma jamoada muntazam to‘p kiritishi odatga aylangan. Shu sabab, klubdagi o‘yini ham ochilib ketishidan umidvormiz. Olg‘a Eldor, bizga yordaming kerak!

64e414a212053

Franchesko Martinetti:

Hamma Shomurodovga shubha bilan qarayapmiz. Lekin uning o‘zi jamoaga kelganidan jismoniy tayyorgarligi yomon ekanidan ogohlantirgan edi. Turli xulosa va rad etuvchi fikrlar bildirishdan oldin, oziga mantiqan o‘ylash xalaqit bermasdi. Menimcha, haqiqiy bahoni kamida o‘nta uchrashuvdan keyin bersak to‘g‘ri bo‘ladi.

Ekspertlar Shomurodov yaxshi o‘ynay olmayotgani sababini topdi

Fayzullaev ketishidan oldin TsSKA bosh murabbiy unga va jamoadoshlariga murojaat qildi

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Evropada yozning eng kutilmagan transferi – o‘zbek futbolchisi bo‘ldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mavlonov Husan
06/09/2023 08:03
Шомуродов Тортиниб, ўзини четга оладиган болаларча ўйнайди, қизиққон, ёниб турадиган жойини млмаштиоиб
&
Liverpool-Afzal
06/09/2023 07:50
Формасини уртокликларда тиклавоса, буёгига италияда яна порласа болади.Омад Элдор
&
Бахриддин М.З.
05/09/2023 12:06
Шунча гап эшакка қамчи деганида, кет энди Италия футболидан сурхонгами машъалгами.
&
Азизжон
05/09/2023 10:10
Курпачага караб оёгингни узат
Жабборов Ахмаджон
05/09/2023 09:29
Эсинг борида этагингни йиғ деган гап бор.