Italiyada yurganing etadi! Shomurodovni “top-5”dan kuchli klub chaqiryapti

  • 11 yanvar, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transferlar oynasi davrida Eldor Shomurodov faoliyatida ham o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘zbek futbolchisini kelajakdagi rejalariga kiritmagan.

“Roma” 29 yoshli hujumchimiz o‘rnini bosa oladigan boshqa ijrochi qidirmoqda. Biroq hali poytaxtliklar bu masalani hal qila olgani yo‘q.

Rim klubi Shomurodov bilan xayrlashishga tayyorligi haqida ma’lumotlar chiqa boshlaganidan keyin legionerimizga “Komo”, “Salernitana”, “Venetsiya”, “Kalyari”, “Empoli” kabi bir necha mahalliy klublar qiziqish bildirdi.

Ayni paytda Italiyadagi da’vogar klublar soni uchtaga qisqargan. Shu bilan birga xorijdan birinchi taklif tushdi.

- “Kalyari” sport direktori Nereo Bonato o‘tgan mavsumda jamoaning yuqori diviziondagi joyi saqlab qolishga hissa qo‘shgan Eldor Shomurodovni yana ortga qaytarishga urinmoqda. Uning nishonida Viola Kuame ham bor. Lekin bu o‘yinchini olib kelish uchun ketadigan mablag‘ sardiniyaliklarga og‘irlik qilayotgani bois ham asosiy kutilayotgan hujumchi Shomurodov hisoblanadi, - deb yozmoqda cagliaritoday.it sayti.

- “Empoli” kutayotgan o‘yinchilarning yuqori qismida hamon Eldor Shomurodov birinchilardan bo‘lib turibdi. Bu jamoa bosh murabbiyi Roberto D’Aversa qo‘l ostidagi hujumchilarning aksariyati yangi asr avlodi ekanini inobatga olgan holda yosh forvardlar yonida Eldordek ko‘pni ko‘rgan tajribali o‘yinchi bo‘lishini istamoqda, - deb yozdi sport.quotidiano.net manbasi.

- Shomurodov “Venetsiya” uchun ham birinchi raqamli transfer nishoni bo‘lib turibdi. Venetsiyaliklar yana bir hujumchi – Nikolas Bonfantini zaxira varianti sifatida ko‘rmoqda.

“Venetsiya” o‘zbek legionerini olish uchun bir necha to‘siqlarni engib o‘tishi kerak. Xususan, “Roma”ning Shomurodov transferi bo‘yicha talabini “Kalyari” va “Empoli” kabi klublar ham bajara olmayapti. Rimliklar o‘z hujumchisini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga bermoqchi.

Bu orada Shomurodovga xorijdan yaxshi taklif yaiqdi. Bremenning “Verder” jamoasi Eldorni o‘z safiga chorlamoqda. Bu vaziyatdan ko‘p narsa Shomurodovning tanloviga ham bog‘liq bo‘ladi, - deb ma’lumot berdi trivenetogoal.it portali eksperti Dmitriy Kanello.

Ta’kidlash joizki, Shomurodovni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan Italiya jamoalarining barchasi musobaqa jadvalining ikkinchi qismida bormoqda. “Verder” bu borada A Seriya vakillaridan ustun.

Bremenliklar Germaniya chempionatida 15-turdan keyin 25 ochko jamg‘argan holda “Maynts” hamda “Borussiya dortmund” bilan birga beshinchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi uchinchi va to‘rtinchi pog‘onada borayotgan “Ayntraxt” va “Leyptsig” bilan oradagi farq atigi ikki ochkoni tashkil qiladi.

“Verder” yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan bo‘lsa-da hujum chizig‘ida ko‘p gol ura oladigan forvardga ehtiyoj sezmoqda.  Bremenliklar kuchli ettilikdagi jamoalar orasida eng kam gol urgan ikki klubdan biri bo‘lib turibdi.

Tarkibdagi to‘rt nafar hujumchilardan 30 yoshli Marvin Duksh to‘rtta, Jastin Njima ikkita, Oliver Berk va Keke Topp bittadan to‘p kiritgan xolos.

Eldor Shomurodovga bu mavsum ham “Roma”da juda kam o‘yin vaqti berilyapti. Legionerimiz A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida 14 marotaba maydonga tushib, jami 305 daqiqa o‘ynadi xolos. Maydonda o‘tkazgan vaqti kamligiga qaramay, tajribali forvard ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Abduqodir PSJ yulduzlarini “yanchib” tashlagan edi. PSJ nega Husanov transferidan bosh tortdi?

“Real” Husanov transferi bo‘yicha qanday qarorga keldi?

Fayzullaevni Mbappe va 140 million evro turadigan o‘yinchiga tenglashtirishdi

Angliya varianti o‘xshamasa, Husanovni boshqa ligada kutayotganlar bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
10/01/2025 21:15
Ketish kerak Italiyada 1 hujumchi bilan o‘ynaydi Eldor borgan joyda raqobat kuchli