Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi "Spartak"ni boshqarishni xohlamadi

  • 4 yanvar, 2021, 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Spartak" klubi Italiya  terma jamoasining sobiq ustozi Roberto Donadonining xizmatlariga qiziqish bildirdi.

Tecno

Sport_Inside nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Spartak" xo‘jayini Leonid Fedun maslahatchisi Franko Kamotstsi orqali Donadoniga taklif bilan chiqilgan. Ammo italiyalik mutaxassis Moskva grandini boshqarishni xohlamagan.

57 yoshli Donadoni 2020 yozidan buyon ishsiz hisoblanadi. Uning so‘nggi ish joyi Xitoyning "Shenchjen" klubi bo‘lgan.

Donadoni faoliyati davomida Italiya terma jamoasidan tashqari "Lekko", "Livorno", "Jenoa", "Napoli", "Kalyari", "Parma" va "Bolonya" klublarida ishlagan.

"Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va ushbu kelishuvni uzaytirmoqchi emas. Shu sababli, moskvaliklar yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
04/01/2021 19:33
Hohlamaydiyamda o‘z faoliyati davomida orqaga qadam tashlagisi kelmaydi Spartak bu ortga tashlangan qadam