Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi

  • 17 noyabr, 2022, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transfer mavsumi yaqinlashgani sari “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ishonch bildirmayotgan Eldor Shomurodov haqidagi xabarlar ham ko‘payib bormoqda.

Tecno

Italiya matbuoti o‘zbek hujumchisiga A Seriyaning o‘zidan bir necha klublar da’vogar ekani haqida ma’lumotlar chiqara boshladi.

Xususan, turli manbalar lenionerimizga “Torino”, “Bolonya”, “Montsa”, “Sampdoriya” qiziqish bildirayotganini yozmoqda. Hali bu ro‘yxat yanada kengayishiga hech qanday shubha yo‘q.

Shomurodov transferi haqidagi xabarlarga A Seriya debyutanti “Montsa” bosh direktori Adriano Galliani munosbat bildirdi.

- Biz qishki transferlar vaqtida jamoani kuchaytirish uchun Eldor Shomurodov nomzodini ko‘rib chiqayotganimiz yo‘q. Tabiiyki, yanvar uchun rejalarimiz bor, lekin ularga Shomurodov kiritilmagan, - dedi Adriano Galliani.

Eldor Shomurodov ketma-ket ikkinchi yili Joze Mourino ishonchini qozona olmayapti. 27 yoshli futbolchimiz yuqori sport formasida bo‘lgan paytda ham unga muntazam o‘yin amaliyoti berilmayapti.

shoma

Xususan, joriy mavsumda Eldor Shomurodov sakkiz marta maydonga tushib, umumiy hisobda 151 daqiqa to‘p tepdi. Shunga qaramay, Eldor o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portali hamyurtimizni 7 million evroga baholamoqda.

“Rogma” o‘tgan yili yozda o‘zbek futbolchisi uchun “Jenoa”ga 18 million evro to‘lagan. Biroq hujumchimiz zaxirada o‘tirib qolgani tufayli transfer summasi pasayishda davom etmoqda.  

“Roma” futbolchisiga xaridor chiqdi

Joriy mavsumni avvalgilarga nisbatan ancha muvaffaqiyatli boshlagan “Salernitana” qishki transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.

Klub sport direktori Morgan De Sanktis yanvarda jamoaga “Roma” yarim himoyachisi Edoardjo Boveni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Davide Nikolaga niderlandiyalik yarim himoyachi Tonni Vilenaning o‘yini unchalik ma’qul kelmayapti. Shu bois, bu jamoa Italiya yoshlar terma jamoasi va “Roma”ning iste’dodli o‘yinchilaridan hisoblangan Boveni transfer qilmoqchi.

20 yoshli futbolchi o‘tgan yili yozdan beri “Roma”ning asosiy tarkibida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda A Seriya va Evropa ligasida beshtadan uchrashuvda ishtirok etdi.

Bovening transfer summasi 1,5 million evroga baholangan. Amaldagi shartnomasi yana uch mavsum davom etadi.

55e72024d042e7a98976e90df35d910a621143041a09b066334128_1

“Roma” ga yangi hujumchi kelyapti

“Roma” bilan kelishuvga erishgan “Budyo-Glimt” hujumchisi Ola Solbekken tez orada jamoasini o‘zgartirishini ma’lum qildi.

Bu futbolchi o‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasida “Roma”ga qarshi uchrashuvlarda yuqori saviyada o‘ynab, rimliklar darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin Joze Mourino e’tiboriga tushgandi.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, norvegiyalik futbolchini Rimga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.

- Endi men uchun faoliyatimning yangi sahifasi ochilmoqda. Bu yangi sargushatlar, degani. Men top-chempionatda o‘ynayman, - dedi Ola Solbakken.

Dekabrda Solbakken “Budyo-Glimt” jamoasi bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi. 24 yoshli futbolchi “Roma” safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Transfer bozorini o‘rganib borayotgan ekspertlar norvegiyalik futbolchiga joy ochish uchun “Roma” Eldor Shomurodovdan voz kechishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

650x344-galatasarayin-yeni-hedefi-ola-solbakken-1636853852286

“Roma” Shomurodovga yangi ish qidirmoqda!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

Shomurodov “Atletiko”ga yordam ko‘rsatdi! (foto)

O‘zbekiston yutadimi yoki Qozog‘iston? Futbolchilar bahs boyladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!