
Isroil Madrimov raqibini nokautga uchratdi
Mazkur, jang WBA Eleminator maqomida edi. Endilikda Madrimov WBA Super yoki WBA Regular kamarlaridan biriga majburiy da’vogarga aylandi.
Erta tongni ko‘tarinki kayfiyatda boshladik. Sababi, yurtdoshimiz Isroil Madrimov AQShning Texas shtatida navbatdagi jangini o‘tkazdi va unda venesuelalik Charli Navarro (29-10-0) ni nokautga uchratdi. 10 raundlik jang, 6-raundda o‘z nihoyasiga etdi. Raqibini avval nokdaunga uchratgan Isroil keyingi zarbalari bilan jangni muddatidan avval yakunlashga erishdi.
Fikrlar