Isroil Madrimov bilan jang qilgan bokschi uch yilga sportdan chetlatildi!

  • 28 avgust, 13:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur bokschi Magomed Kurbanov antidoping qoidalarini buzganligi sababli uch yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda Rossiya Antidoping agentligi (RUSADA) rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Tecno

RUSADA ma’lumotiga ko‘ra, Kurbanovning namunalarida taqiqlangan moddalar – drostanolon va uning metaboliti aniqlangan. Ushbu moddalar kuchaytiruvchi anabolik steroidlar toifasiga kiradi va jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanadi.

30 yoshli sportchi Butunrossiya antidoping qoidalarining 4.1 va 4.2-bandlarini buzgan deb topildi. Uning diskvalifikatsiyasi 2025 yil 1 avgustdan kuchga kirgan, biroq vaqtinchalik chetlatish muddati – 2025 yil 24 iyuldan boshlab hisobga olinadi.

Ushbu diskvalifikatsiya Kurbanovning sportdagi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozircha bokschi yoki uning jamoasi bu qarorga izoh bergani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Magomed professional faoliyati davomida 26 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 marta mag‘lubiyatga uchragan. U bir necha yil davomida birinchi o‘rta vazn toifasida WBO International kamarining sohibi bo‘lgan va bu vazn toifasida Rossiyaning eng kuchli bokschilaridan biri sifatida tanilgan edi. U professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini hamyurtimiz Isroil Madrimovdan qabul qilib qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!