Isroil bosh murabbiyi: "Keyingi bosqichga chiqqanimiz tasodif emas, balki mehnatlarimiz samarasi!"

  • 31 may, 2023, 16:38
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempioniatining nimchorak final uchrashuvlari start oldi. Unda vakillarimiz isroil termasiga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Afsuski, bu bellashuvda hamyurtlarimiz 90+7-daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta tark etdi. Mazkur o‘yindan keyin Isroil bosh murabbiyi Ofir Hayim o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mardonavor g‘alaba. Isroil futboli tarixidagi eng ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bu g‘alabani xalqimizning har bir a’zosiga bag‘ishlaymiz.

Men buni ta’riflashga so‘z topa olmayapman. Yigitlar bellashuvda zafar quchish uchun chin dildan harakat qildi.

Bizning jismoniy holatimiz yaxshi emasligi haqida gapirishyapti. Bu gaplarga qo‘shilmayman. 90+7-daqiqada gol urish uchun ham ruhan, ham jismonan kuchli bo‘lish kerak. Keyingi bosqichga chiqqanimiz tasodif emas, balki mehnatlarimiz samarasi!", - dedi raqib bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
31/05/2023 18:41
Бизникилар мазза килиб чичишди.
&
● 10 ●
31/05/2023 18:41
Тугри... футболчилар ростдан мехнат килишди ва такдирланишди.