Ispaniya bilan o‘yindan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi sardori: Biz g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi

  • 17 noyabr, 2023, 11:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati "V" guruhida 3-tur bahslari yakunlandi.

Tecno

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi oxirgi turda iroda namoyish etdi. Dastlab Ispaniya ikkita gol urgan bo‘lsa, keyinchalik vakillarimiz kambek qilib, vaziyatni o‘nglashdi - 2:2.

Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu kvartetda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, bir oyog‘i bilan keyingi bosqichda. Endi vakillarimiz 3-tur uchrashuvlarini yakunlanishini kutishlari kerak.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston U-17 terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston joylashgan guruhda yakuniy turnir jadvali qanday? (Foto)

photo_2023-11-16_15-11-09

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ispaniya bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi

- Guvohi bo‘lganingizdek oxirigacha harakat qildik. Ispaniya yaxshi shakllangan terma jamoa. Ularni ham keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Butun xalqimizni pley-offga yo‘l olganimiz bilan muborakbod etamiz. Bizning maqsadimiz, yana davom etish, ko‘proq g‘alaba qozonish va yaxshi o‘yinlar ko‘rsatish.

Jamoadoshlarim va murabbiylarimizga minnatdorchilik bildiraman. Juda katta mehnat qilindi. 0:2 hisobi qayd etilayotganda ham o‘zimizda kuch, iroda topa oldik. Bu - futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Lekin shu natija qayd etildi, - dedi Lazizbek Mirzaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!