
Ispaniya - "Evro-2024" g‘olibi
- 15-июл 2024, 01:53
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
"Evro-2024" finalidan o‘rin olgan Ispaniya - Angliya bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda "Qizil Furiya" 2:1 hisobida zafar quchdi.
47-daqiqada Niko Uilyams hisobni ochdi. 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Koul Palmer muvozanatni tikladi. 86-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda ispanlar safida zaxiradan bellashuvga qo‘shilgan Oyarsabal Ispaniyaga chempionlikni olib kelgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, De la Fuente shogirdlari "Evro-2024" g‘olibiga aylandi.
European Championship
vs
Spain won after full-time.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q