
Islom Maxachev muxlisiga yangi televizor olib beradi. Chunki...
Engil vazn toifasida UFC chempionligini qo‘lga kiritgan Islom Maxachev o‘zining Charlz Oliveyra ustidan qozonilgan g‘alabasini nishonlayotgan paytda televizorini sindirib tashlagan muxlisiga yangi televizor olib berishini aytdi.
Islom ijtimoiy tarmoqqa voqea aks etgan videoni joylashtirib, o‘zini tuta olmagan muxlisdan u bilan bog‘lanishni so‘radi.
“Mendan yangi televizor! Kontaktni yuboring", - deya videoga izoh qoldirgan Maxachev.
Fikrlar