
Islom birdamligi o‘yinlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi (Turnir haqida qiziqarli faktlar)
Joriy yilning 8 noyabr sanasida 6-Islom Birdamligi O‘yinlari start oladi. Ushbu yirik musobaqa dunyoning 57 mamlakatdan keladigan eng kuchli sportchilarni birlashtiradi. 23 sport turi bo‘yicha bellashuvlar Riyoddagi zamonaviy sport inshootlarida o‘tkaziladi.
Islom Birdamligi O‘yinlari jahon miqyosida ahamiyatli tadbir sifatida tan olinadi va Olimpiya o‘yinlari hamda Osiyo o‘yinlaridan keyin uchinchi eng yirik sport musobaqasi hisoblanadi. 2005 yilda Islom Birdamligi O‘yinlarining ilk musobaqasi aynan Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan. Joriy yilgi musobaqalarda sportchilar 23 sport turi bo‘yicha, jumladan 2 ta para yo‘nalishda bahs olib boradilar. Bu safar dasturga ilk marotaba tuya poygasi va kiber sport (e-Sport) ham kiritilgan.
Sport turlari:
• Qo‘l to‘pi (Handball)
• Basketbol 3x3
• Suzish
• Qilichbozlik
• Engil atletika
• Muay Tay
• Taekvondo
• Voleybol
• Tuya poygasi (ilk marotaba)
• Stol tennisi
• Karate
• Kurash
• Futzal
• Og‘ir atletika
• Dzyudo
• Duatlon
• Ot sporti
• Boks
• Ushu
• Kiber sport (ilk marotaba)
• Jiu-Jitsu
Para sport turlari:
• Para og‘ir atletika
• Para engil atletika
________________________________________
Musobaqalar va madaniy tadbirlar Riyod shahridagi bir qator sport inshootlarida bo‘lib o‘tadi. Har bir joy sportchilar va tomoshabinlar uchun yuqori darajadagi qulaylik taqdim etishi maqsad qilingan.
• Princess Nourah University – Sportchilar shaharchasi
• "Boulevard City"
• Prince Faisal bin Fahd Olympic Complex
• Al Janadriyah
• Prince Faisal bin Fahd Stadium (Al Malaz)
Qo‘shimcha ma’lumot: 2005 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Islom Birdamligi O‘yinlarida Turkiya – 237 oltin medal (jami 643 medal) bilan umumiy reytingda birinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi pog‘onalar quyidagicha:
• Eron – 118 oltin, jami 321 medal
• Ozarbayjon – 114 oltin, jami 298 medal
• O‘zbekiston – 66 oltin bilan
• Indoneziya – 56 oltin
• Misr – 46 oltin, jami 146 medal
• Marokash – 40 oltin, jami 146 medal
• Qozog‘iston – 42 oltin
• Saudiya Arabistoni – 37 oltin, jami 111 medal
• Malayziya – 33 oltin, jami 97 medal
O‘zbekistonlik sportchilar shu kunga qadar ushbu musobaqalarda 66 oltin bilan medal umumiy reytingda 4-o‘rinda bormoqdalar. Vatandoshlarimizga yaqinlashib kelayotgan musobaqada ham omad tilaymiz.
Fikrlar