Islom Ahmedov: "Tan olish kerak, "Navbahor" o‘yin saviyasi va tajriba borasida jamoamizdan kuchli"

  • 25 mart, 2024, 04:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Navbahor” Qirg‘iz Respublikasi Premer-ligasining so‘nggi ikki mavsumi, ya’ni, 2022 va 2023 yillardagi chempioni “Abdish - Ata” (Kant) jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, Asadbek Sobirjonovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Mazkur o‘yindan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi, hamyurtimiz Islom Ahmedov “Navbahor” sayti uchun maxsus intervyu berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etyapmiz.

“O‘zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Navbahor”ga qarshi xalqaro o‘rtoqlik bahsi o‘tkazganimizdan xursandman.

Mazkur o‘yin o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlaydi, jamoamiz uchun esa Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” klubiga qarshi kechadigan OFK kubogi hududiy final bellashuvlaridan oldin tajriba oshirishga yordam beradi, degan umiddaman.

Tan olish kerak, namanganliklar o‘yin saviyasi hamda tajriba borasida jamoamizdan ancha kuchli. Shunday bo‘lsa-da, yigitlar nomdor raqibga qarshi munosib o‘yin namoyish etishga intilishdi. Biroq, tajriba baribir o‘z so‘zini aytdi. Ajoyib tashkilotchilik uchun “Navbahor” klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”ga Superliga va O‘zbekiston kubogi musobaqalarida omad yor bo‘lib, jamoa g‘alabalari bilan muxlislarga quvonch ulashishiga tilakdoshman”.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
25/03/2024 05:10
Бу уйин качон булган?
25/03/2024 10:53
24 -mart kuni
Имомали олимов
07/04/2024 05:02
Navroʻz bayrami atrofida