
Islom Ahmedov Superliganing 17-turi oldidan jamoalarning imkoniyatini qanday baholadi?
Superligamizning 17-turi ham ostonamizda. Bu safar oldingilaridan farqli o‘laroq 5 ta o‘yin o‘tkaziladi.
OKMK – “Neftchi” va “So‘g‘diyona” – “Navbahor” uchrashuvlari keyinroq muddatga – 26 avgustga surilgan. Boisi, OKMK bilan “Navbahor” Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etishlari inobatga olinib, ularning o‘yinlari belgilangan muddatdan keyinroq o‘tkaziladi. Ungacha esa siz bilan biz 5 ta qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz. 19-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar sizni qiziqtirishi aniq.
Futbolimizdagi taniqli mutaxassislaridan biri Islom Ahmedov oldimizda turgan 5 ta juftlik bo‘yicha o‘zining munosabatini aytib o‘tdi.
19 avgust
“Paxtakor” – “Metallurg”
- Bu o‘yinda “Paxtakor”ning imkoniyatini yuqori baholayman. Shuning uchun 70\30 degan bo‘lardim. Mezbonlar raqibiga qaraganda har tomonlama kuchli. “Paxtakor”da motivatsiya ham bor.
“Nasaf” – “Qizilqum”
- Ushbu juftlikda “Nasaf” favorit. Bunda ham imkoniyatlar 70\30 mezbonlar foydasiga. Bugungi kunda “Nasaf” klubi har tomonlama kuchliroq. Buni tan olish kerak.
20 avgust
“Turon” – “Bunyodkor”
- “Bunyodkor”ning imkoniyati ko‘proq. Nimaga deganda, o‘yindan-o‘yinga “Bunyodkor” kuchayyapti. Shuning evaziga ular safarda ko‘zlagan maqsadiga erishishi mumkin.
“Buxoro” – “Surxon”
- Bu erda ikkala jamoaning imkoniyati 50x50. “Buxoro”da katta motivatsiya bor. Chunki ular Superligada qolish uchun kurashishmoqda. “Surxon” esa o‘yindan-o‘yinga kuchayishda davom etyapti. Yaxshi o‘yin bo‘ladi.
21 avgust
“Andijon” – “Olimpik”
- Bu o‘yinda “Andijon” jamoasining imkoniyatini yuqoriroq baholayman. Nimaga deganda, ular o‘z uyida chiroyli o‘yin ko‘rsatishyapti. Jamoa qarshi hujumda ham xavfli o‘ynaydi. Shu bois “Andijon”ning imkoniyatini 60\40 baholayman.
Shuhratbek Jo‘raev.
Fikrlar