
Islom Ahmedov: Futbolni yaxshi tushunmaydiganlar tanqid qilishyapti
Taniqli futbol ekspertlaridan biri Islom Ahmedov o‘zining chuqur mulohazalari va futbolga bo‘lgan qarashlari bilan boshqalardan ajralib turadi. OFK instruktori murabbiylarni o‘qitish jarayoniga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Ayni paytda Toshkentda «V» litsenziyasi uchun o‘quv-kursini boshqarib bormoqda. Undan oldin esa bir oy davomida Osiyo Kubogi musobaqasini kuzatib, OFKning tahliliy guruhida ishlab qaytdi. Kuni kecha Ahmedov bilan muloqot qildik. Tajribali mutaxassis suhbat davomida Osiyo Kubogi va terma jamoamiz haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
- Men Ektor Kuperga tushunmadim. Osiyo Kubogidan keyin bosh murabbiy murabbiylar bilan yig‘ilib, o‘z fikrlarini bildirmadi. O‘zbekiston terma jamoasida asosan o‘zimizning o‘yinchilar o‘ynashyapti. Jamoamiz esa nimchorak finaldan qaytib keldi. Shunday ekan, o‘zimizning mutaxassislarni chaqirib, bu muvaffaqiyatsizlikni birgalikda tahlil qilishmaydimi? Qanday muammoga duch keldik? Kuper shular haqida aytishi kerak emasmi? Xo‘sh, endi klublarda futbolchilar bilan yana nimalarning ustida ko‘proq ishlashlari kerak? Kuper shular haqida gapirmaydimi? Matbuot anjumani yoki hisobot bersin demayapman, shunchaki unga professional yo‘nalishni aytyapman xolos. Murabbiy o‘zbek futbolida qanaqa muammo borligini aniq aytishi kerak. Murabbiylar esa shunga qarab ishlashlari lozim. Lekin hali hech kim hech nimani bilmaydi. Tanqid esa bu boshqa narsa. Futbolni yaxshi tushunmaydiganlar tanqid qilishyapti.
Islom Ahmedov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar