
Isko Shomurodov bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin
"Sevilya" sobiq yarim himoyachisi Isko "Latsio" va "Roma"ning nishoniga tushdi. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko‘ra, Rimning har ikkala klubi ham 30 yoshli futbolchini sotib olishga tayyor.
Iskoga shuningdek, "Salernitana" hamda "Los-Anjeles Gelaksi" klublari ham qiziqish bildirmoqda. 21 dekabr kuni ispaniyalik futbolchi "Sevilya" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Isko andalusiyaliklar safida barcha musobaqalar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar