
Isak "Nyukasl" rahbariyatining harakatlaridan norozi
"Liverpul" hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida va klub nishoniga "Nyukasl" forvardi Aleksandr Isak tushgan edi.
Mersisaydliklar 25 yoshli Isak uchun 120 million funt (taxminan 138 million evro) taklif qillb. Biroq, "Nyukasl" rahbariyati rad javobini berdi. Sababi, ular shvedni o‘z saflarida saqlab qolishni xohlashdi.
"Daily Express" nashrining xabariga ko‘ra, Isak klubning harakatlaridan norozi. "Nyukasl" "Liverpul" taklifini nafaqat rad etdi, shu bilan birgalikda uning maoshini ham oshirgani yo‘q. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Avvalroq, Isakka haftasiga 130 ming funtlik katta maosh va’da qilingan edi.
Fikrlar