
"Inter"ning yangi xaridi o‘zini oqlashni boshladi. U debyut golini urdi
Shu yili yozda "Real"ga tegishli bo‘lgan Ashraf Xakimi "Inter"ga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchi "Borussiya D"da ijara asosida faoliyat yuritayotgandi.
Himoyachi bugun "Inter"ning "Benevento"ga qarshi o‘yinida maydonga tushdi va milanliklar safidagi dastlabki golini urdi. Bellashuvda Antonio Konte shogirdlari debyutantni 5:2 hisobida taslim etishdi.
Fikrlar