
“Inter”ga “Chelsi” hujumchisi kerak
“Inter” jamoasi qishki transferlar vaqtida Lautaro Martines va Romelu Lukaku o‘rnini bosa oladigan markaziy hujumchi sotib olishga qaror qildi.
Milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte bu vazifani “Chelsi” hujumchisi Olive Jiruga topshirmoqchi. Konte Angliyada ishlagan vaqtida Jiru uning qo‘l ostida to‘p surgan. Konte Martines va Lukaku juda ko‘p o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘layotgani uchun yangi hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
“Inter”ga Jiruni olish oson bo‘lmaydi. Garchi bu hujumchining yoshi o‘tib qolayotgan bo‘lsa-da, u muhim uchrashuvlarda hal qiluvchi gollarni urish qobiliyatga egaligi bilan ko‘pchilik e’tiborini qozongan.
2021 yilning yozida erkin agentga aylanadigan 34 yoshli frantsiyalik hujumchiga hozirning o‘zida “Milan”, “Marsel”, “Lion”, “Vest Xem” va “Los Anjeles Gelaksi” kabi jamoalardan taklif bor.
Fikrlar