
"Inter Mayami" Busketsga qancha maosh taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi
"Inter Mayami" klubi Serxi Busketsga yiliga taxminan 1,65 million dollar to‘lashga tayyor.
AQSh klubi "Barselona"ning 34 yoshli sobiq yarim himoyachisi "belgilangan o‘yinchi" qoidasiga tushib qolmasligiga umid qilmoqda. Aytish lozimki, MLSning har bir klubi maosh chegarasiga bo‘ysunmaydigan uchta o‘yinchi bilan shartnoma imzolash huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Busketsning qaroriga sobiq jamoadoshi Lionel Messining "Inter Mayami"ga o‘tishi ta’sir qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Fikrlar