
"Inter" Lukakuni olib qolishga harakat qilmoqda
Yakuniga etgan mavsumni "Inter"da o‘tkazgan Romelu Lukakuning ijara muddati o‘z nihoyasiga etdi. U 30-iyun kuni "Chelsi"ga qaytishi kerak, lekin hujumchi "aristokratlar" safiga borib qo‘shilishni istamaydi.
"The Telegraph" nashri xabar berishicha, milanliklar Lukakuni yana bir yilga ijaraga olmoqchi. Klub tez orada "Chelsi"ga rasmiy taklif yuboradi. Bitimga "Inter" uni to‘liq sotib olish shartini ham qo‘shmoqchi.
Mish-mishlarga qaraganda, "Chelsi" ayni dam yangi strayker qidirmoqda. Variantlar orasida Lautaro Martines, Viktor Osimxen va Dushan Vlaxovich kabi futbolchilar bor.
Fikrlar