"Inter" "Latsio" murabbiyini "yo‘ldan urmoqchi"

  • 27 may, 2021, 22:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, "Inter" hali ham "Latsio" bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan shartnoma imzolashdan umid qilmoqda.

Tecno

Bundan avvalroq Indzagi "Latsio" bilan 2024 yilga qadar shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “neradzurrilar” Simoneni ushbu fikridan qaytarmoqchi va o‘z tomonlariga og‘dirib olmoqchi.

"Latsio" yakunlangan mavsum A Seriyada 6-o‘rinni egalladi va UEFA Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter”ni Italiya chempioniga aylantirgan Antonio Konte bugun o‘z lavozimini tark etdi. Konte “Real”ni boshqarishi haqida turli mish-mishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!