"Inter" EChLni yutsa ham iste’foga chiqarilishi shart!

  • 24 may, 2023, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Antonio Kassano "Inter"ning A Seriyadagi o‘yinini tanqid qildi va murabbiyni almashtirishga chaqirdi.

“Inter"da qandaydir bema’nilik sodir bo‘lmoqda. Klub Indzagini Chempionlar ligasi finaliga chiqqani uchun hurmat qiladi, ammo ligadagi halokatga e’tibor bermayapti. Jamoa uchta turnirdan bittasini halokatli tarzda yutqazdi. Bunday harakat qilib bo‘lmaydi.

Hamma "Inter"ni Chempionlar Ligasi finaliga chiqqani uchun maqtayapti, lekin men do‘stlarimga uning qanday qilib bu joygacha etib kelganini aytib beraman. Italiyada esa ular “Napoli”dan 20 ochko ortda qolmoqda. Bu be’manilik. Jamoa o‘tgan yili Skudettoni “hojatxonaga tushirib yubordi” va bu mo‘’jiza "Milan"ga g‘alaba qozonish imkonini berdi. Bu yil undan ham yomonroq bo‘lmoqda. Agar siz mavsum tugashiga 3-4 tur qolganda chempionlik poygasini tark etsangiz, mayli, kurashdingiz deyish mumkin. Ammo "Inter" besh oydan beri bu poygada qatnashmayapti. “Inter” muxlisi sifatida men uchun bu uyat.

Marotta Indzagi 100% qoladi deyishdan oldin futbolni biroz tushuna boshlashi kerak. Marotta va futbol huddi oq-qora kabi bir-biridan boshqa narsa. Umumiy narsa yo‘q. U intervyu beradi, filmlarda rol o‘ynaydi, "Inter"da hech qanday foydali ish qilmaydi, faqat piar.

Indzagi, Chempionlar ligasi finaliga chiqqaniga qaramay, men uni ishdan bo‘shatgan bo‘lardim. Chempionlar ligasida u juda oddiy yo‘lni bosib o‘tdi. "Inter" "Empoli", "Viterbeze" va "Benfika" kabi jamoalarga qarshi dadil o‘ynashi kerak. Shuning uchun Indzagi finalda g‘alaba qozongan taqdirda ham ishdan bo‘shatilishi shart.

Hurmatli Marotta, kino suratga olmasdan shu ishni qiling”, - dedi “Inter”ning sobiq hujumchisi Bobo TV’ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!