
"Inter" "Arsenal"ning "o‘ljasini" ilib ketmoqchi
“Betis” klubi hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Estadio Deportivo tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga “Inter” jiddiy qiziqib qolgan. “Neradzurrilar” uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Nabilga “Arsenal”dan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fekir joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 25 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar