
Immobile Superliga klubida qancha pul ishlab topadi?
Italiyalik to‘purar hujumchi Chiro Immobile faoliyati va hayotida o‘zgarishlar qilishga qaror qildi va "Beshiktosh" bilan shartnoma imzoladi.
Italiyalik jurnalist Janluka di Martsio 34 yoshli futbolchining turk grandi bilan kelishuvi to‘g‘risida ba’zi raqamlarni e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, Chiro 2 yillik shartnomaga imzo chekkan va u ushbu davr mobaynida olti million evro maosh oladi. Qizig‘i shundaki, futbolchining sobiq klubi "Latsio" ushbu transferdan atigi uch million evro ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, “Beshiktosh” o‘tgan mavsumni juda omadsiz o‘tkazdi. Jamoa Turkiya chempionatida bor yo‘g‘i oltinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar