
Ikkita gol urgan Shomurodov haqida Evropada nimalar deyishyapti?
A Seriyaning 28-turi “Kalyari” uchun omadli kelib, sardiniyaliklar chempionat autsayderi “Salernitana”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Klaudio Raneri jamoasining g‘alabasini o‘yinda ikki marta gol urgan Eldor Shomurodov ta’minladi.
Italiya futbolini yoritayotgan manbalar va o‘yinlarni tahlil qilib borayotgan taniqli ekspertlari Eldor Shomurodov harakatlariga baho berishda davom etmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarni havola etadi.
Vittorio Sanna, futbol eksperti:
“Kalyari” golga muhtoj paytda to‘p kirita oladigan hujumchilar paydo bo‘ldi. “Salernitana” bilan bo‘lgan bahsning 12-daqiqasida Lapadula gol urishni uddaladi. “Salernitana” futbolchilari o‘yinni tiklab, endi oyoqqa tura boshlaganida Eldor Shomurodov ikkinchi to‘pini kiritdi. Eldorning o‘yini haqida gapirsak, dastlab ikkinchi bo‘lim boshida hisobni 3:0 ga etkazdi. Biroq “Kalyari” ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubodi. Eldor urgan to‘rtinchi gol “Kalyari”ni ochko yo‘qotish xavfidan qutqarib qoldi.
Vinchentso Di Monte, futbol eksperti:
“Kalyari” va “Salernitana” bahsining ikkinchi bo‘limida maydonga tuo‘shgan Eldor Shomurodov, nihoyat, o‘z joyini topa oldi. O‘zbek maydonga qadam bosganidan keyin olti daqiqadayoq ishonchni oqladi.
Klaudio Raneri shogirdlari ikki daqiqada bir juft gol o‘tkazib yubordi. Bu ularga qimmatga tushishi mumkin edi. Lekin futbolchilar Eldor Shomurodovning tezkorligi tufayli bunga javob qaytara oldi. Mina uzatgan to‘pga etib kelgan Shomurodov yana Gilermo Ochoani ojiz qoldirib, o‘yindagi yakuniy hisobni ta’minladi – 4:2.
Seriya A:
Eldor Shomurodov “Kalyari” tarkibidagi ilk gollarini kiritib, olqishlarni qabul qilishda davom etmoqda. A Seriya tashkilotchilari o‘z ijtimoiy sahifalarida o‘zbek legionerining surati ostiga “Eldor ShOUmurodov”, degan post qoldirdi.
Eurosport:
Shomurodov ikkinchi bo‘limda Gaetanoning o‘rniga maydonga tushdi. O‘zbek futbolchisi ayni paytda ajoyib sport formasida ekanin namoyish qilib, dubl qayd etdi va o‘z o‘yini bilan “Salernitina” himoyachilarini tentiratib qo‘ydi. Ular Shomurodovni faqat follar yordamida to‘xtata oldi xolos.
Alberto Dossena, “Kalyari” futbolchisi:
Shomurodovning o‘yini va gol urgani meni hayron qoldirgani yo‘q. Chunki Eldor juda mehnatkash yigit va muvaffaqiyatga erishishga loyiq futbolchi.
Enriko Piliya, futbol eksperti:
Shomurodov – kuch, sifat va katta ishtiyoq sohibi. Mavsumning eng sirli futbolchisi. Juda murakkab o‘yinga tushib, ikkita gol bilan masalaga nuqta qo‘ydi. Ayniqsa, ikkinchi golini haqiqiy sensatsiya bo‘ldi, deyish mumkin.
Serjio Demuru, futbol eksperti:
Shomurodov – kun qahramoni. U o‘zining dubli bilan “Kalyari” futbolchilarini g‘alabaga etakladi. Bu Klaudio Raneri jamoasiga musobaqa jadvalida birinchi marotaba xavfli hududdan uzoqlashish imkonini berdi.
Ana xolos: Shomurodov 342 kun kutgan ish 7 daqiqada hal bo‘ldi!
Umarali Rahmonaliev Angliyada o‘ynashni ko‘zlayapti
O‘zbek futbolchisining o‘yini angliyaliklarga juda yoqdi
Ular orasida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi bor...
O‘rinboev Angliyaga qanday borib qoldi?
Legionerimiz Angliyada o‘yin o‘tkazadi
Fikrlar