
Ikki tennischimiz bugun chorak final uchun o‘ynaydi
Iqtidorli tennischilarimiz Jo‘rabek Karimov va Saida’lo Saidkarimov Gruziyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan musobaqani g‘alaba bilan boshlashdi.
Sovrin jamg‘armasi 15,000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda Jo‘rabek belaruslik Vladislav Jukni 6:1, 6:2 hisobida, Saida’lo esa rossiyalik Ivan Mixaylyukni 6:3, 6:1 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa bugun J.Karimov musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Dennis Uspenskiy bilan kuch sinashadigan bo‘ldi, S.Saidkarimov esa boshqa bir amerikalik tennischi AJ. Katanzaritini sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar