
Ikki hamyurtimiz "Dubai Open Chess Tournament 2025"da qatnashmoqda!
27 maydan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida "Dubai Open Chess Tournament 2025" turniri start oldi.
Musobaqa shvetsarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘lib, vaqt nazorat 90 daqiqa + 30 soniya.Turnir FIDE reytingiga ko‘ra, ikki gurhdan iborat bo‘lib, "V" guruhda ikki vakilimiz ishtirok etmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramasdan, shaxmatga chanqoq Abdulazizov Asilbek bu musobaqada ham qatnashmoqda. Asilbek bundan oldin "Sharjah Open"da ham ishtirok etgandi.
Ikki turdan so‘ng u bir ochko bilan 67-o‘rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz hozircha 29,2 reyting ochkosini qo‘shib olishga erishdi. Yosh yulduzimiz bu turda armanistonlik Karo Sargsyan bilan bahs olib boradi.
Shahnoza Sobirova ham bir ochko jamg‘argan. U 1,8 reyting ochkosini boy berdi. Sobirova 3-turda hindistonlik Sampret Sudxer bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, "V" guruhida 100 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Fikrlar