Hushxabar! Para akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishdi

  • 26 oktabr, 2019, 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

24-27 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chjon Ju shahrida Para akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun qit’a musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz Otabek Qo‘chqorov va Gulchiroy Esanboeva PR2 mix 2X yo‘nalishi bo‘yicha 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahsda marraga 09.50.43 soniya bilan birinchi bo‘lib etib kelishdi va oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Ta’kidlash kerakki, para akademik eshkak eshuvchilarimiz finalda finishga ikkinchi bo‘lib etib kelgan tailandlik raqiblarini deyarli 3 yarim daqiqaga ortda qoldirishdi.

PR2 mix 2X 2000 metr

O‘zbekiston – 09.50.43

Tailand – 13.10.23

Eslatib o‘tamiz, chempion parakaonechilarimiz 28 oktyabr kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!