Husanovni yana qozoq futbolchisini bilan solishtirishdi. Bu gal xulosa boshqacha bo‘ldi!

  • 14 may, 12:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yili Markaziy Osiyoning ikki futbolchisi Angliya klublari bilan shartnoma imzoladi.  20 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan uzoq muddatli bitim imzoladi.

Tecno

Manchesterliklar o‘zbek futbolchisi uchun Frantsiyaning “Lans” klubiga 40 million evro miqdorida badal puli to‘ladi. Shuningdek, 10 million evro bonus ham belgilangan.

Bu voqeadan oz fursat o‘tib, “Qayrat”ning 16 yoshli tarbiyalanuvchisi Dastan Satpaev “Chelsi” bilan hamkorlik rishtalarini bog‘ladi. Londonliklar iste’dodli hujumkor futbolchi uchun 4,3 million evro xarajat qildi. Biroq Satpaev 18 yoshga to‘lgunicha “Qayrat” jamoasida tajriba to‘plab turadi.

Bu voqealardan keyin futbol jamoatchiligi orasida ikki o‘yinchini bir biriga taqqoslash boshlandi. Ayniqsa, Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasi bajaruvchisi Ali Aliev o‘sha paytda hali professional darajada o‘yin o‘tkazmagan Dastan Satpaevni Frantsiya va Angliya chempionatlarida o‘z mahoratini ko‘rsatgan Husanovdan ustun qo‘ygani ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

- Men Dastanni Husanovga qaraganda kuchli, deb hisoblayman. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri baho bersak, Satpaevning genetikasiga e’tibor qarating. Bu haqiqiy atlet, uni Evropa standarti darajasiga ko‘tarish uchun hamma narsani berish va rivojlantirib borish mumkin.

Ayni paytda “Real Madrid”da turkiyalik Arda Gyuler, braziliyalik Endrik bo‘lsa, Dastan Qozog‘iston pasportiga ega bo‘lgani uchun hali ularning e’tiboriga tushmagan. Xalqaro maydonda Dastan Satpaev bu vaziyatni o‘nglashi mumkin, deb o‘ylayman, - degan edi Ali Aliev.

Bu gal qozoq futbolining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan Bulat Esmagambetov Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi va uning xulosasi boshqacha bo‘ldi.

- Husanov — top-futbolchi, uning salohiyati aqlbovar qilmas darajada. Men Husanovning o‘yinlarini hali Frantsiya klubida o‘ynayotganida ko‘rganman.

Uni “Manchester Siti”ga bejiz taklif qilishgani yo‘q. Ayni paytda uni Dastan Satpaev bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bu o‘yinchilar maydonda turli pozitsiyada harakat qiladi, darajasisi va sifati ham boshqa-boshqa.

Husanovning ajoyib tezligi, kuch-quvvati bor, juda sifatli o‘yinchi o‘sayotgani aniq ko‘rinib turibdi, - dedi Bulat Esmagambetov mahalliy ommaviy axborot vositalariga.

Abduqodir Husanov Belarus va Frantsiya chempionatlaridagi faoliyatidan keyin Angliya Premer-ligasida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Manchesterliklar bilan 2029 yilning yozigacha shartnomaga ega bo‘lgan hamyurtimiz transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 35 million evroga baholanmoqda.

Dastan Satpaev esa, bu yildan Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. U 2026 yili 18 yoshga to‘lganidan keyin “Chelsi” yoshlar jamoasiga borib qo‘shiladi. Transfermarkt portalida Satpaevning transfer summasi 500 ming evroni tashkil etayotgani ko‘rsatilgan.

Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!

Husanov jamoasidan “yondiradigan” xabar!

O‘zbek legioneriga qo‘pollik qilgan futbolchi uch o‘yinga haydaldi

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998950198726
14/05/2025 16:23
Ҳали у Сатпаев борсин Англияга ўйнасин Челсида кейин солиштирин
Ҳеч бўлмаса Европа ё ёшлар ўртасида жаҳон чемпионатида ўйнасин ё Олимпиядага борсин.бу қозоқларни фақат орқаси ёнишдан бошқа иши йўқ.боксдаям футболдаям.