
Husanov va jamoadoshlariga xushxabar!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov uchun yangi mavsum muhim ahamiyat kasb etadi. 21 yoshli futbolchimiz “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurash olib borishi kutilmoqda.
O‘z navbatida, bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoani yana sovrinlarga da’vogarlik qiladigan darajaga olib chiqish uchun tarkibni yangilashni davom ettirmoqda.
Sports.uz portali Abduqodir Husanov tufayli “shaharliklar”ga muxlislik qilayotgan o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari ko‘pligini inobatga olib, “Manchester Siti”ga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qilishni davom ettiradi.
“Siti”ga superyulduzlar keladi
Xosep Gvardiola oxirgi yarim yil ichida jamoaga o‘nga yaqin yangi ijrochilarni qo‘shib oldi. Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlangan transfer siyosati asosan iqtidorli yoshlarni olishga qaratilgan edi. Shu bilan bir qatorda Xosep Gvardiola superyulduz darajasidagi o‘yinchilar transferiga ham qarshi emas.
Manchesterga kelishi kutilayotgan ana shunday mashhurlardan biri “Real” hujumchisi Rodrigo Goesdir.
Taniqli insayder Nikolo Skira braziliyalik futbolchining “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Rodrigo bilan muzokara o‘tkazgan va unga besh yillik shartnoma taklif qilgan.
Endi ko‘p narsa 24 yoshli futbolchining yakuniy qaroriga bog‘liq. Agar Rodrigo Madriddan ketishga rozilik bersa, “Manchester Siti” mutasaddilari bu transfer uchun “Real”ga 100 million evro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor.
Superdarvozabon “Siti”ni tanladi
Jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan golkiper Janluiji Donnarumma ham kelajagini “Manchester Siti” bilan bog‘lashga rozi bo‘ldi.
Nikrla Skiraning ma’lum qilishicha, 26 yoshli darvozabon Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga va “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.
Italiyalik yulduzning “Pari Sen-Jermen”ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Angliya Premer-ligasining etakchi klublari Donnarummaga da’vogarlik qilgan edi. Biroq vaziyat “Manchester Siti” foydasiga hal bo‘ladigan ko‘rinadi.
O‘tgan mavsum Gvardiola jamoasi darvozasini qo‘riqlagan braziliyalik Ederson va germaniyalik Shtefan Ortegaga Evropa va Saudiya Arabistonining qator klublaridan chorlovlar bo‘lyapti. Qolaversa, Gvardiola klub tarbiyalanuvchisi Jeyms Traffordni ham ortga qaytardi.
Katta maqsadlarni ko‘zlagan klub uchun Donnarumma darajasidagi posbon ham juda muhim. Shu bois, manchesterliklar uning bir yillik shartnomasini PSJdan 40 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga sotib olishga tayyor.
Bir necha manbalarning yozishicha, “Manchester Siti” jahonning jng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Donnarummaga yiliga 12 million evro maosh berishga qaror qilgan.
Gvardiola so‘ragan himoyachini raqib bermayapti
“Manchester Siti” qishki va yozgi transferlar davrida bir necha futbolchilarni transfer qilganiga qaramay, o‘ng qanot himoyachi jamoaning eng nozik nuqtasi bo‘lib qolmoqda.
Xosep Gvardiola bu pozitsiyaga Tino Livramentoni ko‘zlagan edi. Lekin angliyalik himoyachini olishning imkoni bo‘lmadi.
Keyinroq manchesterlik skautlar “Chelsi”ning o‘ng qanot himoyachisi Josh Achimpongga e’tibor qaratdi. “Shaharliklar”ning 19 yoshli o‘yinchi bo‘yicha so‘rovi qanoatlantirilmadi.
Guardian Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati “Manchester Siti”, “Bornmut” va “Nyukasl” kabi da’vogarlarga Josh Achimpong sotilmasligini aytgan.
Hozir “Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyasida Mateus Nunes va Riko Lyuis bor. Biroq ularning hech biri haqiqiy qanot himoyachisi emas. Angliyalik ekspertlar Xosep Gvardiola yangi mavsumda o‘ng qanot himoyasida Abduqodir Husanovni o‘ynatishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Aslida markaziy himoyachi bo‘lgan o‘zbek futbolchisi Evropa Chempionlar ligasida “Real” va kluar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Al-ayn”ga qarshi uchrashuvlarda o‘ng qanotda juda ishonchli harakat qildi.
Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi
Pul bo‘lmasa, Fayzullaev o‘ynamaydi!
Shomurodov kutganimizdan ham zo‘r bo‘lib chiqdi! “Bashakshehir” ustozi o‘zbek legionerlari haqida yana nimalar dedi?
Husanov ortida dunyoning eng zo‘r darvozaboni turagan bo‘ldi!
Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!
Fikrlar