Husanov “taxt”ni topshirdi, lekin...

  • 2 dekabr, 2024, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov ikki o‘yinlik diskvalifikatsiyadan keyin Frantsiya chempionatining 13-turida yana maydonga qaytdi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, ko‘plab ekspertlar o‘zbek himoyachisi ishtirok etmagan o‘yinlarda “Lans” ko‘p gol o‘tkazganiga e’tibor qaratdi. Misol uchun, legionerimiz to‘p tepgan 10 ta uchrashuvda lansliklar jami ettita gol o‘tkazgan bo‘lsa, so‘nggi ikki bahsda raqiblar Husanov yo‘qligidan foydalanib, Bris Sambani besh bor o‘z ortidan to‘p olib chiqishga majbur qildi.

Abduqodir Husanov diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lib, “Reyms” mezbonlik qilgan uchrashuvda to‘liq ishtirok etdi. Mezbonlar butun uchrashuv davomida “Lans” himoyasini yorib o‘tolmadi. Aksincha, Uill Still shogirdlari ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan le11hdf.fr ushbu bellashuvdagi “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida   so‘rovnoma tashkil qildi. Odatda bunday so‘rovnomalarda Abduqodir Husanovning katta ustunlik bilan g‘olib chiqigi odat tusiga aylangan.

Lekin bu gal bashning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida muxlislar Adrien Tomassonni tanladi. Abduqodir ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilib, “taxt”ni vaqtincha jamoadoshiga topshirdi.

So‘rovnoma natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Adrien Tomasson: 78%

Abduqodir Husanov: 7%

Anjelo Fuldjini: 6%

Kevin Danso, Mbala Nzola: 3%

Bris Samba, Fakundo Medina: 1%.

Mavsum boshidan beri “Lans”ning  har bir uchrashuvdagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda muxlislarning ovozi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgacha, so‘rovnomada eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchi Abduqodir Husanov bo‘lib turibdi. 20 yoshli himoyachi oltita  uchrashuvda asosiy qahramon sifatida tanlangan. Legionerimiz Konferentsiyalar ligasida “Panatinaikos”ga qarshi javob o‘yini, Frantsiya chempionatida “Monako”, “Lion”, “Nitstsa”, “Strasbur” va “Sent-Eten”ga qarshi o‘tkazilgan bahslarda eng yazshi o‘yinchi, deb topilgan.

“Lans” vakillaridan Uesli Said “Anje”, Kevin Danso “Panatinaikos” (birinchi o‘yin), Yoanner Chaves “Brest”, Bris Samba “Renn” va PSJ, Fakundo Medina “Lill” hamda Adrien Tomasson “Nant” hamda “Marsel”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlardan keyin so‘rovnoma g‘olibi bo‘lgan.

Bundan tashqari, jamoaning etakchi himoyachisi Kevin Danso “Lans”ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq topilgan edi. Abduqodir Husanov esa, sentyabr va oktyabr oylarida jamoasining eng zo‘r o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri “Lans” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Fantsiya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga o‘z nomini muhrlab qo‘ygan.

“Lans” muxlislari Husanovning superklubga transferiga qanday munosabat bildiryapti?

Fayzullaev transferida “to‘ydan oldin nog‘ora qoqmaylik”!

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!