
Husanov Osiyoning etakchi terma jamoalarini ortda qoldirdi
Xabaringiz bor, Transfermarkt portali APL futbolchilarining transfer narxini yangiladi.
Unga ko‘ra, legionerimiz Abduqodir Husanov 35 million evroga baholandi. Himoyachining narxi sezilarli 23 million evroga yuqoriladi.
Bu summa bilan himoyachi Osiyoning bir nechta etakchi terma jamoalarini ortda qoldirdi. Bular qatorida Qatar (23.13 mln), Avstraliya (23.75 mln) va BAA (30.65 mln) terma jamoalari.
Husanovning yangilangan transfer narxidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymati 70 million evroga etdi. Mazkur o‘zgarishdan so‘ng O‘zbekiston Osiyodagi eng qimmat terma jamoalar ro‘yxatining 3-pog‘onasiga mustahkam joylashib oldi.
Fikrlar